Главная » 2020 » Декабрь » 29 » Aholi qatlami orasida kambag‘allik borligini ilk marta tan oldik – Prezident
12:01

Aholi qatlami orasida kambag‘allik borligini ilk marta tan oldik – Prezident


Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma davomida Prezident aholi orasidagi kambag‘al qatlamni aniqlash va uni maksimal qisqartirish haqida gapirdi.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, kelgusi yil 1 martdan boshlab, aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilinadi. Hukumat ikki oy muddatda ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yorlar darajasida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.

“Avvalo, aholining muayyan qatlami o‘rtasida kambag‘allik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni boshladik. Shu o‘rinda aholining minimal iste’mol xarajatlarini ishlab chiqmas ekanmiz, qambag‘al aholi kim degan savolga javob topa olmaymiz”, deydi Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev aholining minimal iste’mol xarajatlarini e’lon qilib borish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasining to‘liq ijrosini ta’minlash uchun ham xizmat qilishini ta’kidladi.

“Kambag‘allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil – insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda aniq maqsad sari intilishi zarur”, deydi Prezident.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tan oldik, ilk marta, aholi, Kambag‘allik, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя