Главная » 2020 » Июнь » 1 » AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechiladi
16:31

AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechiladi


Buxoro neftni qayta ishlash zavodi AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishi, shuningdek, Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va "Ishchi guruh" a’zolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurgan. Ular zavod mutaxassislari hamda zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashdilar.

Boshqaruv raisi va "Ishchi guruh" a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-sonli qaroriga muvofiq neft narxlarining global o‘zgarishi sharoitida korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, zavodning mavjud texnologik quvvatlari, yetkazib berilayotgan xom ashyo narxlari, jumladan mahalliy neft narxiga va 2020 yil 1 maydan kuchga kirgan birja savdolari orqali neft mahsulotlarini sotish tartibiga alohida e’tibor qaratishdi.

Tashrif davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Mahsulotlarni ichki va eksport bozorlarida sotish, xom ashyo bazasini aniqlash va ta’minlash, loyihaning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari, neft narxidagi o‘zgarishlarning turli variantlari bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasini qaytarish masalalari ko‘rib chiqildi.

"Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda", deyiladi xabarda.

Boshqaruv raisi va "Ishchi guruh" a’zolari tashrif davomida zavodning asosiy ishlab chiqarish ob’ektlarini ko‘zdan kechirishdi va rejalashtirilayotgan yangi texnologik qurilmalarning qurilishi joyi bilan tanishdi.

Tashrif yakunida investitsion loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun taqdimotni tayyorlab topshirish, shuningdek, FEED loyihasini, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit shartlari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ishlab chiqarishdan, markali, AI-80, Benzin, voz kechiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя