Главная » 2017 » Апрель » 8 » Ajoyib bo`rsildoq - ovsinlar, hamjihatlikda pishiring!
12:56

Ajoyib bo`rsildoq - ovsinlar, hamjihatlikda pishiring!


Zarur masalliqlar: xamiriga: 700 gr. un, 250 ml. sut, 200 gr. sariyog`, 1 osh qoshiq shakar, 6 gr. xamirturush, o`simlik yog`i, tuz; qiymasiga: 500 gr. yangi kartoshka, 200 gr. jigar, 1 bosh piyoz, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Yangi kartoshkani qaynatib, pishgach ezing. Jigarni qovurib oling-da, go`shtqiymalagichdan o`tkazing.

2. Piyozni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuramiz. So`ngra jigarni qo`shib, 2-3 daqiqa qovuring. Endi kartoshka pyureni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz.

3. Sariyog`ni eritib, sutni qo`shib, aralashtiring. So`ngra shakar va xamirturushni solib, 10 daqiqa qoldiring.

4. Endi un solib, aralashtiring. Toki yumshoqqina xamir hosil bo`lsin. So`ngra idishdan olib, katta zuvala yasang-da, 6 bo`lakka bo`ling.

5. Har bir zuvalani 3 mm. qalinlikda yoyib, bir tomoniga qiymadan solasiz-da, rulet shaklida o`raysiz. Keyin har birini 4-5 bo`lakka bo`lasiz. Pishiriqlarning ikkala tomonini ham birlashtirib, pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga tering. Yuziga sut surtgach, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying.

5 kishilik

1 soatu 20 daqiqa


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: pishiring, Ovsinlar, hamjihatlik, Ajoyib borsildoq | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя