Главная » 2020 » Октябрь » 12 » Akademik litseylarda an’anaviy darslar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
08:39

Akademik litseylarda an’anaviy darslar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi


Joriy yil 15 oktyabrdan oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020-2021 o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlanadi. Haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Bunda SanPiN talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.

Yangi o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.

Karantin talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: litseylarda, Akademik, boshlanishi, ma’lum bo‘ldi, an’anaviy darslar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя