Главная » 2021 » Март » 15 » Aktrisa Aziza Yoqubova nega ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashganini izohladi
20:39

Aktrisa Aziza Yoqubova nega ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashganini izohladi


2020 yilning 30 sentyabr kuni ikkinchi marta turmushga chiqqan aktrisa Aziza Yoqubova "Instagram"dagi sahifasiga turmush o‘rtog‘ining boshqa qiz bilan sayr qilib yurgani aks etgan videoni joylab, u bilan ajrashganini ma’lum qildi.

«Balkim, hamma gap-so‘z, savollarga nuqta qo‘yish vaqti kelgandir. Xulosa sizdan. To‘g‘ri, erkak kishi yurishi mumkin, 2 ta oila qurishi ham... lekin oilasini eplab qo‘yib, ayoliga bildirmagan holda qilishi kerak. Homilador ayoli bolasining hayoti xavf ostida shifoxonada yotganda hech bo‘lmasa, ayolining yonida suyanchiq bo‘lishi kerak. Ko‘chadagi haromga emas. Bir xil befarosat, niqob ostidagi qizlarga farqi yo‘q ekan — oilalimi, homiladormi? Demak, oilani asrash erkakning zimmasida. Hayosiz videolarini oxirigacha qo‘ymadim. Sababi, navbatdagi malikamiz bizning vujudimizdagi farzandimiz taqdirini o‘ylamasayam, man shu qiz sha’nini o‘ylab, qo‘ymadim. Yana ajrashdingizmi, deganlar uchun oxirgi javobim: ha!

Ko‘p marta ko‘z yumdim, lekin har safar shunaqa xiyonatlar jonimga tegdi. Necha marta imkon berdim. Oilani saqlash o‘rniga xiyonatda davom etildi. Farzandimni yetim qilganni ham, sababchilarini ham Alloh kifoya qilsin.

Baxtini topganidan xursandman, endi mening navbatim», — deb yozadi aktrisa.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: izohladi, Aktrisa, turmush o‘rtog‘i, Aziza Yoqubova, ajrashganini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя