Главная » 2016 » Ноябрь » 19 » Aktrisa Feruza Sobitovaning mashinasiga noma’lum shaxslar zarar yetkazishdi
15:08

Aktrisa Feruza Sobitovaning mashinasiga noma’lum shaxslar zarar yetkazishdi


18 noyabr kuni aktrisa Feruza Sobitova o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali noma’lum shaxslar tunda uning Lacetti rusumli mashinasining old oyna qismiga zarar yetkazganliklari haqida xabar qildi.
 
“Do‘stlar, 17 noyabr kuni tongi men uchun siz ko‘rib turgan yoqimsiz manzaradan boshlangani haqida aytmoqchiman. Tun yarmida kimningdir erinmay, hasaddanmi, jahldanmi, g‘azabdanmi mana shunday xunuk ishni qilgani, mening tirik, sog‘ va salomat ekanim va aynan o‘sha kun men uchun omadli bo‘lganining oldida hech narsa emas.
 
Menga shunday yoqimsiz sovg‘ani tayyorlab qo‘yganlariga qaramasdan, aynan shu kun men uchun o‘ta muhim va sermahsul bo‘ldi.
 
Fotoreportajni keyinroq ilova qilaman. Men ko‘plab do‘stlarim va hamkasblarimni, omadli va yaxshi insonlar bilan uchrashdim. Hurmatli do‘stlarimdan birining tug‘ilgan kunida miriqib raqsga tushdim. Kayfiyatim esa a’lo darajada edi. Bu ishlarni qilganga esa ko‘ngil xotirjamligi va shirin uyqu tilayman. Rahmat senga, sog‘ bo‘l”, deb yozadi Sobitova.
 
Bundan bir necha oy avval, mashinaning oynasini sindirish bilan bog‘liq holat aktrisa va xonanda Madina Mumtoz bilan ham ro‘y bergan edi. U o‘z uyi eshigi oldida mashinasini qarovsiz qoldirgan. Noma’lam shaxslar esa yarim tunda avtomobil oynalarini sindirib, undan nimanidir axtarishgan. O‘shanda Madina Mumtoz avtomobilda qimmatbaho buyumlarini saqlamasligini aytgandi. 

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mashina, Feruza Sobitova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя