Главная » 2020 » Ноябрь » 3 » Aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga tayinlangan jazo ma’lum bo‘ldi
22:30

Aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga tayinlangan jazo ma’lum bo‘ldi


«Opa-singillar» serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yilning 18-noyabr kuni kechasi Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchrab halok bo‘lgani xabar qilingadi.

Aktrisaga yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgani, shundan so‘ng u yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab yuborgani aytilgandi.

«Daryo» xabariga ko'ra, sud 2020-yilning 12-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi binosida ochiq majlis ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, sud F.Sh.ni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan ayblagan. Shuningdek, sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalariga asosan, avvalgi hukmi yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddati qisman qo‘shilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil-u 6 oyga hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Asosiy jazo muddati 2019-yil 19-noyabrdan boshlab hisoblanishi belgilangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Gavhar Sharipovaning, ma’lum bo‘ldi, Jazo, o‘limiga, Aktrisa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя