Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Aktrisa Shahzoda Matchonova unashtirilgani ma’lum qilindi
18:48

Aktrisa Shahzoda Matchonova unashtirilgani ma’lum qilindi


Aktrisa Shahzoda Matchonova turmushga chiqmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” aktrisaning Instagram’dagi sahifasiga joylagan surati orqali ma’lum qildi.

“Shahzoda barmog‘iga nikoh uzugi taqilgani aks etgan suratni Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Uning hamkasblari va yaqinlari Shahzodani unashtiruv bilan qutlab, baxt-saodat tilamoqda. Aktrisani mashhurlardan xonanda Ruxshona, dizayner Dildora Qosimova, aktrisa Gulnora Qosimova, klipmeyker Yodgor Nosirov, boshlovchi Oyxon Iforzoda tabrikladi”, – deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Shahzoda bundan avval ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bir necha marotaba sevgan insonini uchratganiga ishora qilgan edi.

Shahzoda Matchonovaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i kim ekani hozircha noma’lum.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Matchonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя