Главная » 2018 » Апрель » 30 » Aktrisa Shahzoda Matchonova xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi
20:08

Aktrisa Shahzoda Matchonova xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi


Joriy oy boshida o‘zbekistonlik taniqli aktrisa Shahzoda Matchonova rejissyor Yolqin To‘ychievning “Ma’suma” nomli filmida yaratgan roli uchun Qirg‘izistonning “Ak Ilbirs” xalqaro kinomukofotida “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyasiga nomzod sifatida ko‘rsatilgani haqida xabar bergan edik.

O‘tgan hafta, 26 aprel kuni Bishkek shahrida ushbu mukofot bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofot aktrisa Shahzoda Matchonovaga nasib etdi. Bu haqda aktrisaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Kim menga o‘zining iliq fikrlarini yozib qoldirgan bo‘lsa, ularga o‘zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Men hamma izohlarni o‘qidim. Bu mukofot mening kino olamidagi 10 yillik faoliyatim uchun eng katta sovg‘a. Qolaversa, Yolqin aka, ushbu rolni menga ishonib topshirganingiz uchun sizga katta rahmat! Siz menga ko‘p narsani o‘rgatdingiz”, deb yozadi Shahzoda Matchonova.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Matchonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя