Главная » 2017 » Июнь » 21 » Aktyor Ulug‘bek Qodirov triller janrida film suratga oladi
09:52

Aktyor Ulug‘bek Qodirov triller janrida film suratga oladi


Ulug‘bek Qodirov o‘z intervyusida “Baron 2” filmi, Farruh Soipov bilan munosabati va rejissorlikka qachon qo‘l urishi to‘g‘risida hikoya qildi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda.

— “Baron 2” filmida suratga tushasizmi?

— Bu savol bir o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan jarayon haqida bo‘libdi. Buni film ssenariysi va rejissori hal qiladi. Hozircha bu haqda aniq fikr bildira olmayman, suratga tushishim ham, tushmasligim ham mumkin.

—Barcha futbol muxlislariga qiziq savol: “Real Madrid” jamoasiga muxlislik qilasizmi yoki “Barselona”gami?

— “Real Madrid” jamoasiga.

— Aktyor Farruh Soipov bilan orangizda “olamushuk” o‘tgan deyishadi, shu rostimi?

—Farruh Soipov bilan munosabatimiz do‘stona.

— Rejissor sifatida faoliyat boshlashingiz haqida anchadan buyon gap-so‘zlar yuradi, bu borada aniq to‘xtamga keldingizmi?

—Qachonligini aniq ayta olmasam ham, triller va ekshn janrida film suratga olishni rejalashtirganman.

Ulug‘bek Qodirov ishtirok etgan oxirgi loyihalardan biri “Toshkent” telekanali orqali namoyish etilgan “Saodat” milliy seriali bo‘ldi. Mazkur serialning birinchi fasli tamom bo‘ldi va hozirda 2-fasl ustida ish olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Baron 2, Ulug‘bek Qodirov, Triller, janri, film suratga oladi, Baron | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя