Главная » 2017 » Август » 27 » Al-Sudays: «Haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli»
14:18

Al-Sudays: «Haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli»


Makka shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Haj simpoziumida nutq so‘zlagan Al-Masjid al-Haram va Al-Masjid an-Nabavi ishlari boshqaruv kengashi rahbari Abdulrahmon al-Sudays «haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli» ekanini aytib, ibodat, avvalo, musulmonlarning birdamligi va Alloh rizoligi uchunligini aytib o‘tdi.

«​Bu yig‘ilishdan asosiy maqsad ham Haj mavsumida xavfsizlikni ta’minlash, ikki muqaddas masjidlar esa tinchlikning ramziy timsolidir»​, dedi u.

Shuningdek, al-Sudays maxsus tinchlik mavzusida yozilgan global ensiklopediyani turli tillarga tarjima qilishni, universitetlar qoshida Islom-tinchlik tadqiqot markazlarini tashkil etishni taklif etdi. Haj va Umra ishlari vaziri Muhammad Solih Bintinning ma’lumotiga ko‘ra, Arofat kuniga qadar ibodat qilish maqsadida mamlakatga tashrif buyurganlar soni 2 millionga yetib qolishi mumkin.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xoli», siyosiy, manfaatlardan, har qanday, Al-Sudays: «Haj ibodati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя