Главная » 2020 » Март » 29 » Alibaba asoschisi O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubormoqda
15:33

Alibaba asoschisi O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubormoqda


Xitoyning eng boy odamlaridan biri Alibaba Group kompaniyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning yana 7 davlatiga koronavirus bilan kurashda yordam berishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Jek Ma fondi O‘zbekiston, Ozarbayjon, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vetnamga asosiy tibbiy vositalarni yetkazib bermoqchi.

Alibaba Group yetti davlatga jami 1,7 millionta tibbiy niqob, 165 ming tekshiruv testi, himoya kiyimi va tibbiy qurilma yuborishga qaror qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя