Главная » 2020 » Октябрь » 15 » Alisher Shodmonov koronavirusdan oson qutulish yo‘lini aytdi
12:01

Alisher Shodmonov koronavirusdan oson qutulish yo‘lini aytdi


Koronavirus infeksiyasidan tezda davolanishning oson yo‘li sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi. 

Uchrashuv davomida vazir sog‘lom turmush tarzining foydali jihatlari haqida gapirdi.

"Koronavirus infeksiyasi kishilarning sog‘lig‘i, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin, degan savol qiynamoqda. Muammoning yagona va eng samarali yechimi sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va o‘lim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda. Shuni unutmasligimiz kerakki, kasallikning yengil kechishi yoshga bog‘liq emas, katta yoshda bo‘lsa ham to‘g‘ri ovqatlanadigan, jismoniy faol bo‘lgan, semizligi va diabeti bo‘lmagan insonlarda kasallik ancha yengil kechadi", deydi Alisher Shodmonov.

Qayd etilishicha, sog‘lom turmush tarzining asosi — jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanishdir.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi hastaliklardan butunlay yiroq bo‘ladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 62 ming 175 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qutulish, Alisher Shodmonov, oson, yo‘lini aytdi, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя