Главная » 2020 » Июль » 16 » Alisher Shodmonov O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi dori vositalari olib kelinganini ma’lum qildi
13:43

Alisher Shodmonov O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi dori vositalari olib kelinganini ma’lum qildi


O‘zbekistonga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Avigan” (“Favipiravir”) dori vositasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga tayanib “Kun.uz” xabar berdi.

Shodmonovning ta’kidlashicha, har bitta tez yordam stansiyasida qo‘shimcha tez yordam brigadalari, poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil etiladi hamda uyida davolanayotgan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shifoxonada va uyida davolanayotgan barcha bemorlar uchun oliy ta’lim muassasalari va respublika markazlaridagi yetakchi olim va mutaxassislarni biriktirish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, aholi orasida sarosimani kamaytirish nuqtayi nazaridan Call-markazlar soni hamda ularda ishlaydigan xodimlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kuni kecha mamlakatga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan, eng samarali dorilardan biri bo‘lgan “Avigan” dorisi keltirildi. Shifoxonalardagi bemorlarimiz uchun yetarli miqdorda dorilar mavjud.

Bundan tashqari, Prezident tomonidan har bir viloyat, har bir tumanda dori-darmon zaxiralarini yaratish topshirig‘i berildi.

Alisher Shodmonov, Sog‘liqni saqlash vaziri  

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida videoselektor bo'lib o'tdi. Selektor davomida koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e'lon qilindi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lum qildi, Alisher Shodmonov, olib kelinganini, dori vositalari, COVID-19’ga qarshi, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя