Главная » 2020 » Март » 31 » Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 25 mln dollar ajratdi
21:11

Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 25 mln dollar ajratdi


Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 mln dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatdi. Usmonov pullarni “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi hisobiga o‘tkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mablag‘ koronavirusga qarshi kurashish uchun qurilayotgan tibbiyot muassasalarini zarur tibbiyot jihozlari bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Avvalroq, Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda yashashi va o‘zini izolyatsiya qilishi haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, koronavirusga qarshi kurashish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 3 ta shifoxona qurish ishlari boshlab yuborilgan. Yuqorichirchiqda qurilishi boshlangan karantin zonasiga nazoratdagi fuqarolarni joylashtirish ham boshlab yuborilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя