Главная » 2020 » Февраль » 11 » Alisher Usmonov Kubertenning 8,8 mln dollarlik qo‘lyozmasini Lozannadagi Olimpiya muzeyiga sovg‘a qildi
12:41

Alisher Usmonov Kubertenning 8,8 mln dollarlik qo‘lyozmasini Lozannadagi Olimpiya muzeyiga sovg‘a qildi


Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen Alisher Usmonov Lozannadagi Olimpiya muzeyiga Pyer de Kubertenning Olimpiyada o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi chaqiruvlari bitilgan original manifestini sovg‘a qildi. Bu haqda Rossiya Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

2019-yilda manifest Sotheby’s auksionida noma’lum xaridorga 8,8 million dollar evaziga sotilgan edi.

MOQ rahbari Tomas Bax hujjatning sovg‘a qilinishini “tarixiy lahza” deb atadi. Usmonov esa o‘z navbatida Olimpiya muzeyi — “bebaho qo‘lyozma uchun eng maqbul joy” ekanligini ta’kidlagan.

Manifest 1889-yilda yozilgan. 14 varoqdan iborat qo‘lyozmaga zamonaviy Olimpiyada o‘yinlari asoslari yozilgan bo‘lib, aynan ushbu hujjatda “xalqlar o‘rtasidagi kurash faqat sportda bo‘lishi kerak”ligi yozilgan.

Pyer de Kuberten — fransiyalik sport va jamoat arbobi, tarixchi, pedagog, adabiyotshunos. Zamonaviy Olimpiyada o‘yinlari tashabbuskori. 26 yil davomida Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga prezidentlik qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя