Главная » 2021 » Апрель » 13 » Alisher Usmonov O‘zbekistondagi qaysi sohalarga investitsiya kiritish kerakligi haqida gapirdi
12:42

Alisher Usmonov O‘zbekistondagi qaysi sohalarga investitsiya kiritish kerakligi haqida gapirdi


Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen Alisher Usmonov “Vesti v subbotu” dasturiga bergan intervyusida O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida fikr bildirdi.

“Mamlakat, agar turg‘unlikdan keyin bo‘lmasa, sovet iqtisodiyotidan qolgan qiyin merosdan keyin, birinchi marta haqiqiy iqtisodiy islohotlarni boshladi. Va ushbu islohotlarning tashabbuskori, birinchi navbatda, o‘z aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan davlat rahbari (Shavkat Mirziyoyev — tahr.) hisoblanadi. Nazarimda, bu mamlakatning qachonlardir birga bo‘lgan g‘oyaviy va sinfiy ittifoqdoshlarini birlashtiradigan katta iqtisodiy loyihalarning ham boshlanishdir”, — deydi u.

Shuningdek, Alisher Usmonov O‘zbekistondagi qaysi sohalarga investitsiya kiritish kerakligiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Birinchidan, bu paxta, meva va sabzavotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish va o‘zbek yeri to‘la bo‘lgan qazilma boyliklarini o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu shunchaki resurslarni qazib chiqarish emas. Chunki O‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalar, avvalambor, rangli metallardir. Oltin, mis, noyob metallari — bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga kirishni zarur deb bilgan har qanday investor uchun katta foydani va’da qilmoqda”, — deydi biznesmen.

Avvalroq Alisher Usmonov O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 million vaksinadan teng yarmini o‘z hisobidan olib berishi haqida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Alisher Usmonov, investitsiya, sohalarga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя