Главная » 2020 » Апрель » 27 » Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi
23:04

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi


Rossiyaning eng yirik tog‘-metallurgiya xoldinglaridan biri hisoblangan «Metalloinvest»ning bosh direktori Andrey Varichev hayotdan ko‘z yumdi. U 52 yoshda edi. O‘lim faktini «Metalloinvest» rahbari deputat bo‘lgan Kursk viloyati ma’muriyati vakili tasdiqladi. «Forbes»ning yozishicha, uning o‘limiga pnevmoniya sabab bo‘lgan. U 27-aprel, dushanba kuni Moskvadagi xususiy klinikalardan birida jon bergan.

Top-menejerga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va oxirgi bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulab qo‘yilgan.

Pnevmoniya — koronavirusda kelib chiqadigan asoratlardan biri.

Xabarlarga ko'ra, Varichev COVID-19 ga test topshirgan, biroq natija manfiy chiqqan.

«Metalloinvest» — Rossiyadagi eng yirik temir koni kompaniyalaridan biri bo‘lib, u milliarder Alisher Usmonovga tegishli.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Alisher Usmonovga, kompaniya, tegishli, bosh direktori, pnevmoniyadan, vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя