Главная » 2020 » Октябрь » 11 » Alisher Usmonovning jamg‘armasi O‘zbekistonda rus tili o‘qitish bo‘yicha yangi loyihaga start berdi
19:46

Alisher Usmonovning jamg‘armasi O‘zbekistonda rus tili o‘qitish bo‘yicha yangi loyihaga start berdi


Bugun, 11 oktyabr kuni Toshkentda “Zo‘r!” (“Klass”) gumanitar loyiha va tayanch dasturi to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu loyihagv Rossiya maorif vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi boshchilik qilmoqda. Loyiha 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Rossiya maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko bu ikki mamlakat uchun ramziy ma’noga ega ekanlinini ta’kidlagan.

“Ta’lim sohasida o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan rus tilini o‘rganish masalalariga e’tibor qaratgan holda, o‘zaro hamkorlikni davom ettiramiz. Ishonchim komilki, rus metodistlari yuqori darajadagi ishlarni namoyish etishadi, natijada O‘zbekistondagi o‘qituvchi va maktab o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasi oshadi. Shuningdek, Alisher Usmonov xayriya jamg‘armasiga samarali hamkorlik va "Zo‘r!" loyihasini amalga oshirishga qo‘shilganligi uchun alohida minnatdorligimizni bildiramiz”, degan u.

“Zo‘r!” (“Klass”) gumanitar loyihasini Rossiya maorif vazirligi va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 5 mln dollar sarmoya kiritgan Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshiradi.

Loyihaning ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis O‘zbekistonga kelishi rejalashtirilgan. Mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi. Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni qamrab oladi.

Ma’lumot uchun, “Zo‘r” loyihasining amalga oshirilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘qituvchilari o‘rtasida mustahkam aloqalarni shakllantirishga, pedagogik yondashuvlarni yaqinlashtirishga va Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yordam berishi kutilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, jamg‘armasi, rus tili, start berdi, Alisher Usmonovning, loyihaga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя