Главная » 2020 » Декабрь » 23 » Alisher Uzoqov Surxondaryodan uni ko‘rish uchun Toshkentga kelgan muxlisini tomosha paytida nega urdi? (+video)
08:11

Alisher Uzoqov Surxondaryodan uni ko‘rish uchun Toshkentga kelgan muxlisini tomosha paytida nega urdi? (+video)


Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov 19 dekabr kuni "YouTube"dagi «Xay mayli» podkasti boshlovchisi Mirshakar Fayzullayevga bergan intervyusida uni ko‘rish uchun Surxondaryodan kelib, teatrga tushgan tomoshabinni urgani haqida gapirib berdi.

Aktyorning ta’kidlashicha, o‘sha kuni sahnada Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asari qo‘yilgan. Bu spektaklning boshidan oxirigacha dramatik sahnalar mavjud.

«So‘nggi sahnalardan biri Zahiriddan Muhammad Bobur vatanidan haydalganidan keyin tog‘larda oyoqyalang, bir oz telbanamo holda yurgan holati bor. Ana shu vaziyatda yonimda yurgan vazirlardan biri kelib, ‘shohim, ketaylik bu yerlardanʼ, deydigan gapi bor.

O‘shanda Bobur ‘Shohim. Qani shoh? Uni qayerda ko‘ryapsan? Qani u shoh?’ deb baqiradi. Ungacha spektakl boshlanib, birinchi sahnaning o‘zidan birinchi qatorda o‘tirgan ikkita yigitga ko‘zim tushdi. Ulardan biri menga qarab tirjayib o‘tiripti. Men "uh, dedim, hozir kirib qolar holatga" deb o‘yladim. Chunki sahnada hammada dard, siqilish, haqiqatda kuchli, hamma yig‘layapti.«Men aytdim, voy tomoshabinlar nega umuman tushunmayapti. Nega biz sahnada nima ijro etayotganimizni anglab yetmayapti?

Xullas, o‘sha sahnaga keldik. ‘Shoh, shohim qani?ʼ sahnasiga… o‘zim uchun qaror qilib oldim, shu joyida tomoshabinni shunchaki ogohlantirib qo‘yishim kerak. U hattoki ayrim joylarda ‘xexexe’ deb baland ovozlarda kulib ham yubordi. Bu teatrni bunaqa ruhda tomosha qilinmasligini tushuntirib qo‘ymoqchi bo‘ldim. O‘zim uchun qanaqadir rejalar qilib oldim. Oxirgi vaziyatlarga kelib, unga murojaat qilaman dedim. Balki shunda meni tushunar dedim.

Akbarxo‘ja Rasulov shohim deganda "qani shoh, qani?" dedim o‘sha tomoshabinga qarab. U bola menga qarab, xoxolab yubordi. O‘sha uning katta xatosi bo‘ldi. Bilmadim kim, nima? Balki u Zahiriddin Muhammad Boburning qo‘li bo‘lgandir. Bilmadim, bir nima bo‘ldi ichimdan. Shunda qo‘limni ko‘tarib yuborganman. Shundan so‘ng qolgan tomoshabinlar seskanib qoldi.

... Spektakl tugagach, haligi bola o‘rtog‘i bilan keldi. Ko‘zi biroz shishib ko‘kargan. Uning o‘rtog‘i gapirdi, "Aka unday emas-da endi. Mening o‘rtog‘im Surxondaryodan keldi. Hayotida birinchi marta teatrga tushdi, u, aslida, Alisher Uzoqovni ko‘raman deb kelgan".

Shundan so‘ng men yigitni chaqirib, "Keling, endi ko‘rdingizmi Alisher Uzoqovni?ʼ dedim. Bitta surat tushib, xatosini tushuntirdim. Bu yerda mening aybim shundan iboratki, u tomoshabin Surxondaryoda mening qaysidir komediya kinomni ko‘rgan. Men shuni tushunmaganman», deydi Alisher Uzoqov.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: (+video), a urdi, Alisher Uzoqov, tomosha paytida, muxlisini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя