19:09 Alkogol mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish koronavirusdan saqlaydimi? SSV munosabat bildirdi | |
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni koronavirus xavfidan ogohlantirish maqsadida ularning uyali aloqa telefonlariga SMS-xabarnomalar yubormoqda. Ularda sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish kerakligi aytilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilayotgan SMS-xabarnomalarning navbatdagisi tarqalmoqda. Unda “Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusidan saqlanish uchun alkogol mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish lozim”, deb yozilgan. Mazkur xabarnomalar soxta bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarning telefonlariga bunday SMS’lar yuborilmagan. Holat yuzasidan SSV rasmiy bayonot berdi. Unda shunday deyiladi:
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagan. Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor aholidan ortiqcha sarosimaga tushmagan holda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|