Главная » 2016 » Ноябрь » 14 » Alla Pugacheva og‘ir xastalikka chalingani ma’lum bo‘ldi
17:48

Alla Pugacheva og‘ir xastalikka chalingani ma’lum bo‘ldi


Rossiya estradasining primaddonasi deya e’tirof etiluvchi Alla Pugacheva taxminan 15 kuncha avval yuragidagi og‘riqdan shikoyat qilib, Moskva shifoxonasiga keldi. Tekshiruv tahlillari natijasida shifokorlar 67 yoshli Pugachevaga bir necha xastaliklar bo‘yicha tashhis qo‘yishdi. Bu haqda “Dni.ru” sayti xabar bermoqda.
 
Alla Pugacheva bir necha yildirki, oyoqlaridagi og‘riqlardan aziyat chekadi, oyoqlari vaqti-vaqti bilan shishadi, havoning o‘zgarishi keskin ta’sir ko‘rsatadi.
 
O‘n yilcha avval Alla Pugacheva yurak qismida qon aylanishini yaxshilash maqsadida jarrohlik operatsiyasini boshidan kechirgandi. 1 yil o‘tib operatsiya yana qaytadan amalga oshirildi. Ko‘krak qafasida kuchli og‘riqlar haqida gapirar ekan, yulduz: “Afsuski, hammasi bizga bog‘liq emas. Endi men yurak og‘rishi qanday bo‘lishini bilaman”, deydi.
 
Shifokorlar bunday xastalik yuzaga kelishi 1986 yil sentyabrda Chernobilda o‘tkazilgan konsert bilan bog‘liq. Shu konsertdan so‘ng Pugachevaning endokrin tizimida muammolar yuzaga kelgandi. Shu tariqa, unda qandli diabet ham paydo bo‘ldi. Kasallik sezilmas darajada rivojlanib borgan. Holsizlik, bosh og‘rig‘i, havo yetishmasligi, ko‘z oldining qorayishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni Alla Pugacheva kuchi asab zo‘riqishi oqibati deb e’tibor bermagan.
 
Surunkali charchash, yuqoridagi alomatlar diabetdan darak berdi va Pugacheva zudlik bilan davolanishi tavsiya etildi. Alla Pugacheva o‘z vaqtida salomatligiga va kasallik alomatlariga jiddiy e’tibor qaratmagani uchun qandli diabet kuchayib ketgan.
 
Ayni vaqtda Alla Pugacheva salomatligiga jiddiy e’tibor qaratib, intensiv davolanishga qaror qilgan.

Rasulova Durdona

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: og‘ir xastalik, Alla Pugacheva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя