Главная » 2021 » Февраль » 28 » Amerikada 60 yil oldin puli yo‘qligi sabab o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan erkak universitetga 20 mln dollar xayriya qildi
13:34

Amerikada 60 yil oldin puli yo‘qligi sabab o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan erkak universitetga 20 mln dollar xayriya qildi


Amerikada Kelvin Tayler ismli erkak 1963-yilda o‘qish uchun puli yetmagani sabab universitetni tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Endilikda u boyib ketdi va oliy ta’lim muassasasiga 20 million dollar xayriya qildi, deb xabar beradi Esquire.

Tayler 1961-yilda Morgan nomidagi davlat kollejiga o‘qishga kirib (1975-yilda u universitetga aylangan edi), biznes-administratorlik yo‘nalishida ta’lim olgan. Kelvin oliy ma’lumot olish istagini bildirgan oilasidagi birinchi a’zo bo‘lgan, biroq ikki yildan so‘ng u moliyaviy qiyinchiliklar sabab o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan.

Shunga qaramay, Taylerning to‘lanmagan hisoblari qolib ketgani sabab u UPS ekspress yetkazib berish kompaniyasiga haydovchi bo‘lib ishga kirgan. U xizmati davomida muvaffaqiyatga erishib, kompaniya bo‘limlaridan birining direktoriga aylangan.

Tayler qachonlardir o‘zi duch kelgan, hozirda ham ayrim talabalar boshidan o‘tkazayotgan muammoni unutmagan. Kelvin hamda uning turmush o‘rtog‘i OTMni yakunlashga imkoni bo‘lmagan insonlarga yordam berishga qaror qilib, Morgan davlat kollejiga 20 million dollar xayriya qilgan. Ushbu moliyaviy yordamdan hozirda 222 nafar talaba foydalanishga ulgurgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Erkak, xayriya, universitetga, Amerikada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя