Главная » 2020 » Июнь » 30 » Amerikalik ayol homilador ekanligini tug‘ayotganida bildi
14:49

Amerikalik ayol homilador ekanligini tug‘ayotganida bildi


Amerikaning Ayova shtati Dez-Moyz shahrida yashovchi ayol tug‘guniga qadar homilador ekanligini bilmagan. Bu haqda KETV xabar bermoqda.

Gina Dobriyent homiladorlik to‘g‘risida shubha qilmaganligini va buni orqa miya kasalligi bilan bog‘laganini aytadi. «Ilgari belimda muammolar bo‘lgan, — deb tushuntirdi u. — Men shunchaki belimda muammolar bor deb o‘ylagandim".

Ayol farzand ko‘rishidan oldin boshi aylandi va ko‘ngli aynidi. Keyin esa u hozir tug‘ishi mumkinligini tushundi va eriga uni darhol kasalxonaga olib borishini aytdi. Ammo juda kech edi: bola mashinada tug‘ildi.

Kasalxona xodimi Keti Gyosning ta’kidlashicha, ayolning homiladorligi to‘g‘risida bilmaydigan holatlar kamdan-kam uchraydi, ammo baribir shunday bo‘ladi. "Hammasi juda yaxshi va ajoyib natija bilan o‘tgani hayratlanarli", — deya qo‘shimcha qildi u.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Amerikalik ayol, Homilador, ekanligini, tug‘ayotganida bildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя