Главная » 2020 » Июнь » 6 » Amerikalik erkak o‘limidan bir necha daqiqa oldin onasiga selfi suratini yubordi
08:42

Amerikalik erkak o‘limidan bir necha daqiqa oldin onasiga selfi suratini yubordi


Amerikaning Sent-Luis Merilend-Xayts shahrida yashovchi Deniyel Shedd onasiga selfi suratini yubordi va bir necha daqiqadan so‘ng aviahalokat oqibatida halok bo‘ldi, deb yozadi Daily Star.
39 yoshli Shedd o‘zining uch nafar do‘sti bilan bir motorli samolyotda to‘rt soat parvoz qilishni rejalashtirgan edi. Samolyotni erkaklardan biri boshqarayotgan edi.

Shedd parvoz oldidan do‘stlari bilan tushgan selfisini onasiga yuborgan. Suratda to‘rt nafar erkak kameraga jilmayib qarab turganini ko‘rish mumkin. Oradan taxminan besh daqiqa o‘tgacha samolyot halokatga uchragan.

“Ular ko‘tarinki kayfiyatda edi. Ular juda baxtli edi. Ob-havo ham yaxshi edi”, — deydi Sheddning otasi.

U samolyot 1964-yilda ishlab chiqarilgani, biroq yaqinda yillik ko‘rikdan o‘tkazilganini qo‘shimcha qilgan.

Aviahalokatga nima sabab bo‘lgani aytilmayapti. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: selfi, onasiga, Amerikalik erkak, o‘limidan, suratini yubordi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя