Главная » 2021 » Февраль » 13 » Amerikalik tadbirkor itiga 5 mln dollar meros qoldirdi
16:59

Amerikalik tadbirkor itiga 5 mln dollar meros qoldirdi


Amerikalik ishbilarmon erkak Bill Dorris o‘limidan oldin border-kolli zotiga mansub Lulu ismli itiga katta miqdordagi pul qoldirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Tennessi shtatining Neshvill shahrida istiqomat qilgan tadbirkor sevimli uy hayvoniga 5 million dollar atrofida mablag‘ qoldirgan. 

Vasiyatnomaga ko‘ra, pul Lulu nomidagi trastga o‘tkazilishi kerak. 

Ta’kidlanishicha, 8 yoshli itga marhumning ayol do‘sti Marta Berton g‘amxo‘rlik qiladi. 

Dorris avvallari shahardan ketgan paytlarida ham itini do‘stiga tashlab ketgan. 

Marta Berton Luluni parvarish qilgani uchun oylik ish haqi olish huquqiga ham ega. 

Bertonning aytishicha, Dorrisning rafiqasi va farzandlari bo‘lmagan, u faqat itini juda yaxshi ko‘rgan. 

Ayol vasiyat qilingan barcha mablag‘ni it bilan birgalikda sarflashga vaqti bo‘lishiga shubha qilmoqda, lekin u "buni uddalaymiz", deb  hazillashgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: itiga, meros, Amerikalik, tadbirkor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя