Главная » 2021 » Май » 15 » Amerikaliklar go‘shtga urush e’lon qilishdi
09:23

Amerikaliklar go‘shtga urush e’lon qilishdi


AQSh aholisi iqlimga zarar yetkazishidan qo‘rqib mol go‘shtidan ommaviy ravishda voz kecha boshladilar. Aholining go‘shtga qarshi «urushi» ishlab chiqaruvchilar va umumiy ovqatlanish joylariga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi, deya xabar bermoqda Bloomberg.

Taomnomada mol go‘shtidan voz kechish tamoyili keng miqyosga aylanib bormoqda, chunki uning iste’molidan atrof-muhitga yetkaziladigan zararni amerikaliklar ko‘mirdan foydalanish zarari bilan taqqoslashadi.

Ekologlarning fikriga ko‘ra, aynan sigirlarni ko‘paytirish iqlimga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda chorvachilik hayot davomida juda ko‘p miqdorda is gazini chiqaradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida chiqadigan zararli gazlarning 14,5 foizi inson faoliyati natijasida hosil bo‘lib, ularning uchdan ikki qismi qoramollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Datassentia tadqiqot kompaniyasi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh aholisining 70 foizi go‘sht iste’molini cheklash vaqti keldi, deb hisoblashadi, 58 foizi allaqachon meva-sabzavot va don mahsulotlarini tanlagan. AQSh kollejlari, shuningdek, mol go‘shti taomlarini rad etmoqda. Garvard, Stenford va Kanzas universiteti «Sog‘lom va barqaror oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tish» maxsus dasturiga qo‘shilishgan.

Amerikalik fermerlar «oqsil urushi»ning zarbasini birinchi bo‘lib his qilishdi. Investorlar sun’iy go‘sht yetishtirishga ko‘proq mablag‘ sarflay boshladilar. Shu sababli go‘shtli taom tayyorlaydigan restoranlar o‘z bizneslarini yopishlari yoki taomnomani butunlay o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

Kearney tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilga kelib global go‘sht sotuvi ham sezilarli darajada pasaya boshlaydi va 2040-yilga kelib mol go‘shti o‘rnini bosadigan mahsulotlar umumiy mahsulot bozorining 33 foizini egallab oladi. Mutaxassislar, shuningdek, barcha mamlakatlarda millionlab odamlar tomonidan mol go‘shti rad etilishini hujjatlashtirdilar. U go‘shtning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 1961-yildan 2018-yilgacha 19 foizga kamaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Amerikaliklar, urush, go‘shtga, e’lon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя