Главная » 2020 » Август » 31 » Amerikaliklar o‘z avtomobillaridan yolg‘iz qolish uchun foydalanmoqda
11:58

Amerikaliklar o‘z avtomobillaridan yolg‘iz qolish uchun foydalanmoqda


Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sabab amerikaliklar yolg‘iz qolish uchun avtomobillardan tez-tez foydalanishga o‘tgan, deb xabar beradi Motor.

TrueCar tahliliy-axborot portali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishtirokchilarining qariyb to‘rtdan uch qismi (73 foiz) koronavirus pandemiyasi va u sababli joriy etilgan cheklovlar vaqtida o‘z avtomobillaridan nafaqat biror yumush borasida, balki birga yashayotgan insonlaridan qochish maqsadida ham foydalanayotganini tan olgan. 37 foiz AQSh aholisi esa karantin vaqtida telefonda bemalol suhbatlashish uchun mashinadan foydalanishini ma’lum qilgan.

Amerikaliklarning 32 foizi esa pandemiya vaqtida uydagilar e’tiboridan qochish uchun mashinalarini ofisga aylantirib olganliklarini so‘zlab bergan. So‘rovnomada ishtirok etgan AQShning aksariyat aholisi uchun avtomobil shunchaki harakatlanish vositasidan ko‘ra ko‘proq narsa ekanligi ma’lum bo‘lgan: 68 foiz respondent mashinani o‘z oilasining davomi deb hisoblagan bo‘lsa, 35 foizi mashinasiga, albatta, biror ism qo‘yishlarini tan olgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘z avtomobillaridan, foydalanmoqda, Amerikaliklar, yolg‘iz qolish | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя