Главная » 2020 » Ноябрь » 12 » Amir OLIMXON: "Bankdagi dollarlarga birortang qo‘l tekkizmaysan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, bu pullarni uning hisobiga o‘tkazasanlar"
19:09

Amir OLIMXON: "Bankdagi dollarlarga birortang qo‘l tekkizmaysan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, bu pullarni uning hisobiga o‘tkazasanlar"


Buxoroning so‘nggi amiri yiqqan xazina, boyliklar uning farzandlariga nasib etganmi yoki yo‘qmi, degan savol ko‘pchilikda tug‘ilishi tayin.

Haydarali Uzoqov va Sotimxon Xolboyev «Buxoro amirligining oltinlari» nomli  maqolasida Buxoro amirligi xazinasida to‘plangan behisob oltin, kumush va boshqa qimmatbaho boyliklar to‘g‘risida ishonchli hujjatlar asosida fikr yuritadilar.  

Ular Amir Olimxon o‘limi oldidan farzandlari va qarindosh-urug‘lariga bergan vasiyatini keltiradilar: «Peshavor bankida saqlanayotgan dollarlarga birortang qo‘l tekkizmaysan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, bu pullarni uning hisobiga o‘tkazasanlar. Londonda saqlanayotgan jamg‘armalar asosan avlodlar uchun, lekin uning bir qismi ham O‘zbekistonga berilishi mumkin. Bu senlarga bog‘liq».

Naqadar uzoqni ko‘zlab qilingan ibratli vasiyatnoma bu!

Said Olimxonning farzandlari padari buzrukvorlarining bu muqaddas vasiyatnomasiga sodiq qolganlar.  

Moddiy jihatdan qiynalib yashaganlarida ham ularning birortasi bankdagi xazinasidan yarim chaqa ham olmay, ota nasihatini vijdon amri, haqiqat ko‘zgusi, kelajakka ishonchi, deb bilganlar.  

Bu Sharqqa xos qat’iyat, samimiylik, sabr-toqat, mehr-oqibat, vafodorlik va yuksak odamiylik namunasidir.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: Amir OLIMXON, O‘zbekiston, mustaqil bo‘lgach | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя