Главная » 2018 » Май » 15 » “Amiran” filmining premera kuni ma’lum bo‘ldi
17:35

“Amiran” filmining premera kuni ma’lum bo‘ldi


Rejissyor va aktyor Azamat Ahrorov yangi “Amiran” nomli film ustida ish olib borayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ushbu kartinaning nihoyat omma e’tiboriga namoyish etiladigan sanasi aniq bo‘ldi. 9-iyundan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida “Amiran” filmini tomosha qilish imkoniga egasiz.

Bu kartina ham Azamat Ahrorovning boshqa filmlari kabi barchani diqqatini tortishiga shubhamiz yo‘q. Kino asar melodramma janrida bo‘lib, u sevgi-muhabbat va uning kuch-qudrati haqida hikoya qiladi. Kartina bosh qahramon ismi bilan nomlangan. Film ijodkorlariga to‘htaladigan bo‘lsak, rejissyor va ssenariy muallifi Azamat Ahrorov. Bosh rolda rejissyor bilan birga, Saida Rametova, Matyoqub Matchanov, Sug‘diyona Azimova, Anvar Azimov va yangi chehralardan Nigina bu filmda qiziqarli obrazlarni yaratishgan.


Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: filmi, ma’lum bo‘ldi, Amiran, kuni, premera | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя