Главная » 2017 » Январь » 15 » Ammam onamni ranjitadi...
08:57

Ammam onamni ranjitadi...


— Uch ammam bor. Ularni yaxshi ko‘raman. «Onamdan qolgan yodgorlarim» deb dadam ham jigarlarini juda ardoqlaydi. Ammo onam va ammalarim o‘rtasidagi sovuq munosabat meni xafa qiladi. Chunki ular uyimizga kelishsa, albatta, onamning ko‘nglini og‘ritib ketishadi. Qarindoshlarimiznikida yig‘in yoki tadbirlar bo‘lsa, volidamni yakkalab qo‘yishadi. Bir kuni xolamning tobi qochib, uyimiz yaqinidagi shifoxonada davolana boshladi. Onam «Uzoqdan qatnab, qiylanib yurasizmi», deya xolamni ikki kun uyimizda qolishga ko‘ndirdi. Bu gap ammamning qulog‘iga qaerdan chalingan bilmayman, uyimizga kelib, katta janjal ko‘tardi. Otam ammamning, onam xolamning tarafini oldi. Shundan buyon hammamiz qandaydir tushkun kayfiyatda yuribmiz. Men onam bilan ammam yuzko‘rmas bo‘lib ketishlarini xohlamayman. Ularni ko‘rib, biz — opa-ukalar ham kelajakda bir-birimizga shunday bemehr bo‘lib qolmasmikinmiz deb xavotirlanyapman.

Z.N., 16 yosh, Toshkent shahri

Qaynonajon: — Bolajonim, kattalar o‘rtasida ba’zida mana shunday tushunmovchiliklar ham bo‘lib turadi. «Aqlni aqlsizdan o‘rgan» degan maqol bor-ku, siz ham qarindoshlaringiz o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib, aka-ukalaringiz bilan yanada ahil yashashga harakat qiling. Yana bir gap, onangizga ammalaringizdan nolimang. Yaxshisi, muammolariga aralashmang, aksincha o‘rtada ko‘prik bo‘ling. Ammalaringizning hurmatini joyiga qo‘ying.

Ammajonlarga aytar so‘zim: boshingizga tashvish tushganda ham, erta bir kun el-yurtga to‘y-tomosha berganingizda ham, aka-ukalaringiz, jigarlaringiz yordamga keladi. Shuning uchun ularning tinchini buzmang. Keliningizni ukangizning ayoli, jiyanlaringizning onasi sifatida ardoqlang. Іatti-harakatlaringiz bilan yoshlarda noto‘g‘ri taassurot qoldirmang.

Feruza Akromova, ruxshunos: — Singiljonim, siz o‘smir yoshdasiz. Balkim, katta deb o‘ylayotgan muammongiz oddiygina kelishmovchilikdir. Ushbu vaziyatda  kattalarning munosabatlariga aralashadigan bo‘lsangiz, nizolar yanada chuqurlashib ketishi mumkin. Onangizning ko‘nglini  o‘ylayotganingizni  ham tushunaman. Ammo bu muammolarni ularning o‘zlari hal qilgani ma’qul. Bo‘layotgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqaring.

Saodat Ochilova yozib oldi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ibratli hikoyalar | | Теги: ranjitdi, amma, Onam | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя