Главная » 2018 » Апрель » 14 » Ana bo'masam: Qashqadaryolik sho'x yigit “o‘ynashini” o‘ldirib qo‘ydi
16:41

Ana bo'masam: Qashqadaryolik sho'x yigit “o‘ynashini” o‘ldirib qo‘ydi


11 aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida noxush voqea sodir bo‘ldi.

Shu kuni soat 10:00 larda, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Yangiobod qishlog‘i fuqarosi J.Normo‘minov 40 yoshli ayol tanishi X.Mirzatullayevani chavoqlab o‘ldirgan. J.Normo‘minov Toshkent shahar Uchtepa tumanining Chilonzor dahasida yashayotgan edi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Muqaddam sudlangan J.Normo‘minov X.Mirzatullayevaning uyidagi janjal vaqtida uni bo‘yin, ko‘krak va qo‘llariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada X.Mirzatullayeva voqea joyida vafot etgan.

J.Normo‘minov ayolni pichoqlab o‘ldirgani haqida o‘zi IIBB xodimlariga xabar bergan. Olib borilgan surishtiruv-tergov vaqtida ayblanuvchi fojianing qanday sodir bo‘lganligini aytib bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol bilan fevral oyida tasodifan tanishib qolgan. Tanishuv kunining ertasi M.J. yigitga qo‘ng‘iroq qilib, uyiga taklif qilgan. Kechki ovqatdan so‘ng spirtli ichimliklar iste’mol qilingan va o‘zaro suhbat yotoqxonada yanada yaqinroq ko‘rinishda davom etgan.

Shundan so‘ng, ayol N.J.ga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib, aloqani davom ettirishni, yigit esa oilasi, ikki nafar farzandi borligini aytib, uni boshqa bezovta qilmaslikni so‘ragan. Biroq shunga qaramay, M.J. yigitni tinch qo‘ymasdan, bu haqda qarindoshlariga aytib berish bilan qo‘rqitgan.

Keyin esa baribir yigitning uy manzilini topib, yigitning raqifasiga ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘zlab bergan. Shundan so‘ng N.J. va turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi munosabat buzilgan.

O‘sha kuni N.J. uch farzandning onasi bo‘lgan M.X.ning uyiga borib, undan yana bir bor o‘zini va oilasini tinch qo‘yishini so‘ragan. Biroq, ayol yigitning uyiga bormasligi uchun undan doimiy ravishda uyiga kelib turishini talab qilgan.

Agar yigit ayolning aytganiga rozi bo‘lmasa, oilasini buzib tashlash bilan taxdid qilgan. Oqibatda o‘zini tutib turolmagan N.J.stoldagi pichoqni olib, ayolga bir necha bor zarba bergan. Oradan biroz vaqt o‘tib, N.J. “102” ga qo‘ng‘iroq qilib, odam o‘ldirganini aytgan.

Hozirda ushbu vaziyat bo‘yicha Bektemir tuman prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: Ana bo'masam: Qashqadaryolik sho'x | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя