Главная » 2020 » Май » 5 » Ana xolos! 13 yashar qiz shifoxonaga keldi — u homilador
17:46

Ana xolos! 13 yashar qiz shifoxonaga keldi — u homilador


Moskvada 13 yoshli qiz ginekolog bilan uchrashish uchun kasalxonaga keldi va uning 11-haftalik homilasi borligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi "Komsomolskaya pravda" huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib.

Nashrning yozishicha, qiz konsultasiyaga yolg‘iz kelgan. O‘sha paytda uning qorni allaqachon sezilib qolgandi. Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar homiladorlik to‘g‘risida ota-onalar va polisiya xodimlariga xabar berishdi. Kasalxonaga yetib kelgan IIV xodimlari maktab o‘quvchisini so‘roq qilishdi va uning 14 yoshli do‘sti bilan uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgani, yetti oy davomida yaqin munosabatda bo‘lganliklari oydinlashdi. "Tergovchilar qizga nisbatan mutlaqo zo‘ravonlik yo‘qligini aniqladilar", deya yozadi manba.

Hozir polisiya vaziyatni tekshirmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qiz, shifoxonaga, Ana Xolos, Homilador | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя