Главная » 2021 » Октябрь » 6 » Ana xolos! AQShlik erkakning yuragida sement bo‘lagi topildi
22:13

Ana xolos! AQShlik erkakning yuragida sement bo‘lagi topildi


AQShning 56 yoshli fuqarosining yuragidan begona jism topildi, u o‘n santimetrlik sement bo‘lib chiqdi. Bu haqda The New England Journal of Medicine jurnalidagi maqolaga iqtibos keltirgan holda Live Science sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak shifoxonaga ikki kun davomida ko‘kragidagi og‘riq va nafas qisilishi shikoyatlari bilan borgan.

Rentgen va kompyuter tomografiyasi uning yuragida begona jismni ko‘rsatdi. Shoshilinch operasiya vaqtida shifokorlar o‘ning organizmidan ingichka, o‘tkir sement bo‘lagini topdilar. Parchaning uzunligi 10,1 santimetr edi.

Bir hafta oldin erkak umurtqa pog‘onasining siqilgan sinishi tufayli kifoplastika qilingan. Jarayon umurtqalarga maxsus suyak sementini kiritishni o‘z ichiga oladi, bu ularni mustahkamlaydi.

Kifoplastika xavfsiz deb hisoblanadi: Amerika neyroxirurglar assosiasiyasiga ko‘ra, odamlarning 2% dan kamrog‘i operasiyadan keyin asoratlarni boshdan kechirishadi. Shu bilan birga, sement suyak to‘qimasidan boshqa joylarga oqishi va qon tomirlarining tiqilib qolishi xavfi minimal.

Maqola mualliflarining fikricha, aynan mana shu odam bilan sodir bo‘lgan - sement umurtqadan venaga singib ketgan, u qattiqlashgan va keyin yurakka kirib ketgan.

Ta’kidlanishicha, begona jism muvaffaqiyatli olib tashlangan va bir oydan so‘ng bemor deyarli to‘liq tiklangan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sement, yuragida, Ana Xolos | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя