Главная » 2020 » Сентябрь » 28 » Ana xolos! "COVID"ga qarshi vaksina uchun qancha akula o‘ldirilishi aytildi
20:24

Ana xolos! "COVID"ga qarshi vaksina uchun qancha akula o‘ldirilishi aytildi


Kaliforniyada akulalarni himoya qilish guruhi ekspertlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 500 ming bosh akula o‘ldirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, akula jigarida hosil bo‘ladigan skvalen moddasi ayrim COVID -19 vaksinalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Buyuk Britaniya GlaxoSmithKline farmasevtika kompaniyasi grippga qarshi vaksina tayyorlashda akula jigaridan olinadi skvalen moddasidan foydalanadi.

Kompaniya may oyida koronavirusga qarshi vaksinalarda ushbu qo‘shilmani tayyorlash uchun milliard dozani ishlab chiqarish rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Shark Allies akula himoyachilari guruhining ma’lum qilishicha, dunyodagi barcha odamlar skvalen o‘z ichiga olgan  COVID-19 vaksina bilan emlanishi uchun taxminan 250 000 akulani o‘ldirish kerak bo‘ladi, agar har bir kishiga ikkita emlash kerak bo‘lsa, bu hisob ikki baravarga ko‘payadi.

Ammo, GlaxoSmithKline vakili kompaniyaning "atrof-muhitni asrash tamoyillariga qat’iy rioya qilishi va iloji boricha muqobil xomashyo manbalaridan foydalanish yo‘llarini o‘rganishini" ta’kidladi.

Iyul oyi boshida Buyuk Britaniya hukumati ikki farmasevtika kompaniyasi - Fransiyaning Sanofi va Britaniyaning GlaxoSmithKline (GSK) bilan 60 million doza COVID -19ga qarshi vaksina yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzdi. Yil oxiriga qadar kompaniyalar koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlashga umid qilmoqda. Aprel oyida Sanofi va GlaxoSmithKline (GSK) kompaniyalari birgalikda koronavirusga qarshi vaksina yaratishini ma’lum qildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qarshi vaksina, aytildi, Akula, Ana Xolos, Covid, o‘ldirilishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя