17:59 Ana xolos! Jennifer Lopes Gollivudda ko‘p so‘kinadigan aktrisalar reytingidan joy oldi | |
BuzzBingo filmlarda eng ko‘p so‘kingan aktrisalar reytingini tuzib chiqdi. Natijalarga ko‘ra, Emili Blant reyting yetakchisiga aylandi. 37 yoshli kino yulduz ekranda 81 marta so‘kingan. Aktrisa «Poyezddagi qiz» filmida xar 3-4 daqiqada 33 marta so‘kingan. Ikkinchi o‘rinni Jennifer Lourens egalladi: uning hisobida 75 ta so‘kinish bor. Reytingdagi uchinchi pog‘ona Lesli Mannga nasib etdi: u yaratgan personaj 70 marta so‘kingan. O‘ntalikka, shuningdek, Frensis Makdormand, Vaynona Rayder, Jyuli Delpi, Mila Kunis, Kristen Uig, Jennifer Lopes va Bel Pauli kiritilgan. Tadqiqotda 3500 nafar ishtirokchi qatnashgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|