Главная » 2020 » Апрель » 10 » Ana xolos! Ko‘p bolali oila koronavirusdan o‘rmonda yashirinishga qaror qildi va…
15:22

Ana xolos! Ko‘p bolali oila koronavirusdan o‘rmonda yashirinishga qaror qildi va…


O‘zini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish uchun katta oila Sverdlovsk viloyatidagi o‘rmonda yashashga qaror qilishdi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bolalarni parvarish qilish vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun ota-onaga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Bir ayol Bulanash qishlog‘i polisiyasiga uning akasi, kelinoyisi va uch farzandi o‘rmonga kirib ketishgani va bir kun davomida aloqada bo‘lmaganliklarini aytgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari oilani Krasnogvardeysk qishlog‘i yaqinidagi o‘rmondan topishgan.

"Oila boshlig‘i va uning oilasi COVID-19 koronavirusidan qochish uchun o‘rmonga ketganlarini aytishdi", - deya ma’lum qilgan IIV.

Qayd etilishicha, o‘zi bilan telefon hamda oziq-ovqat olgan ota-ona farzandlari bilan  bir kunni o‘rmonda o‘tkazishgan. Bolalar ochiq osmon ostida uxlashgan.

“Oila faqat oziq-ovqat uchungina qishloqqa qaytishni rejalashtirgan”, deya qo‘shimcha qildi polisiya.

Hozirgi kunda bolalar ijtimoiy yordam markaziga joylashtirilib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ota-ona esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ana Xolos, Ko‘p bolali, Oila, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя