Главная » 2020 » Март » 27 » Ana xolos! Koronavirus birinchi Xitoyda emas, Italiyada chiqqan ekan
21:55

Ana xolos! Koronavirus birinchi Xitoyda emas, Italiyada chiqqan ekan


Italiyaning Milan shahridan bo‘lgan olim Xitoy ommaviy axborot vositalari bilan koronavirusning kelib chiqishi haqida bahslashmoqda.

Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.

Mario Negri nomidagi Farmakologik tadqiqotlar instituti rahbari, professor Juzeppe Remussining nashrga izoh berishicha, hozirda virusning kelib chiqishi Xitoyning Uxan shahrida bo‘lganiga shubha yo‘q. Shifokorning ta’kidlashicha, mamlakatga koronavirusni ilgari infekssiyalangan xitoylik bilan aloqada bo‘lgan Germaniya fuqarosi olib kelgan va bu Pekin Xitoyda epidemiya boshlanishini rasman e’lon qilishidan oldin sodir bo‘lgan.

"Shuni yodda tutish kerakki, ushbu voqea (tah. epidemiya) Xitoyda sog‘liqni saqlash idoralari nimalar bo‘layotganini tushunishidan ancha oldin boshlangan", deya qayd etdi olim.

Shu tarzda, professor o‘tgan hafta bergan intervyusidan so‘ng bir qator Xitoy ommaviy axborot vositalarida chiqqan xabarlarga munosabat bildirdi. O‘shanda Remussim ahalliy shifokorlarning so‘zlariga tayanib, g‘alati va o‘ta jiddiy pnevmoniya holatlari Italiyada 2019 yil noyabr va dekabr oylarida qayd etilganini ma’lum qilgandi. Bu esa o‘z-o‘zidan Lombardiya hududida koronavirus Xitoyda tarqalishi haqida ma’lum bo‘lishidan oldin tarqalib ketganligini ko‘rsatadi.

O‘z navbatida, Xitoy ommaviy axborot vositalari olimning so‘zlaridan foydalanib, Xitoy emas, balki Italiya koronavirusning vataniga aylanganini isbotlash uchun harakat qilishdi.

Shundan keyin “Global Times” nashri infeksiya Xitoyda birinchi bo‘lib yuqtirilishidan oldin butun Italiya bo‘ylab tarqalganini yozdi.

“CCTV” esa Remussi bilan qilingan yana bir intervyuni esga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda olim ba’zi shifokorlarga tayanib, 2019 yilning oktyabr oyida Italiyada noma’lum pnevmoniya holatlari aniqlangani haqida xabar bergandi.

Ammo hozir olimning “Daily Mail”ga aytishicha, u tomonidan avval berilgan ma’lumotlar faqat oz sonli shifokorlarning so‘zlariga va ba’zi mish-mishlarga asoslangan hamda hech qanday ilmiy dalillar bilan tasdiqlanmagan bo‘lgan.

Remussi, shuningdek, bunday pnevmoniya holatlari bo‘lsa ham, ularning koronavirus sabab bo‘lganligi haqida hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя