Главная » 2020 » Апрель » 22 » Ana xolos! Koronavirusning buyumlardan yuqishi rad etildi. Infeksiya unda qanday tarqalmoqda?
12:19

Ana xolos! Koronavirusning buyumlardan yuqishi rad etildi. Infeksiya unda qanday tarqalmoqda?


Germaniyaning Virusologiya va OITVni tadqiq qilish instituti olimlari koronavirusni o‘rganish natijasida yuqtirishning deyarli yagona usuli bu COVID-19ni yuqtirgan bemor bilan uzoq va yaqin aloqada bo‘lish ekanligini aniqlashdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi haftalarda virusologlar 1,4 mingdan ortiq yuqtirish va 46 ta o‘lim holati qayd etilgan Germaniyaning Xaynsberg shahrida keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazishgan.

Natijada olimlar birorta ham ob’ektlar yuzasida jonli virus alomatlarini topa olishmagan.

“Eshik ushlagichlari, telefonlar yoki hojatxonalardan olingan namunalarning birortasidan ham laboratoriya sharoitida tirik virusni topa olmadik”, deyiladi xabarda.

Shu bois institut kasallikning ob’ektlardan yuqish ehtimoli juda kichik degan xulosaga keldi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Infeksiya, yuqishi, koronavirusning, rad etildi, Ana Xolos, buyumlardan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя