Главная » 2020 » Апрель » 12 » Ana xolos! Koronavirusning tarqalishiga futbol sababchi ekan
11:31

Ana xolos! Koronavirusning tarqalishiga futbol sababchi ekan


Sloveniya Bosh vaziri Yanez Yansha UYEFAni va Sloveniya tashkiloti prezidenti Aleksandr Cheferinni Yevropada koronavirus tarqatganlikda aybladi.

Yanshaning aytishicha, futbol o‘yinlari juda kech to‘xtatilgan.

“Bu mas’uliyatsizlik edi, jinoiy qaror qabul qilindi. Milandagi "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tgan "Atalanta" va "Valensiya" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi uchrashuvi “biologik bomba” bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishlari UYEFAga Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasini to‘xtatib qo‘yish uchun yetarli bo‘lmadi. Bu shunchaki pul haqida qayg‘urayotganligidan dalolat berdi ”, deb ta’kidladi Yanez Yansha.

O‘tgan hafta esa UYEFA koronavirus tarqalishi sababli 13 mart kuni 1/8 final bosqichida to‘xtatilgan Yevropa musobaqalarini qayta boshlashni noma’lum muddatga qoldirganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallari bo‘sh tribunalarda o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ana Xolos, Koronavirus, futbol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя