Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Ana xolos! Mushuk bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi
15:14

Ana xolos! Mushuk bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi


Shu haftada Ulyanovsk viloyatida kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Chiqindilarni yig‘ish majmuasining ishchilaridan biri tirik mushukni qop ichidan topib oladi. Sal qolsa mushuk tirikligicha maydalagichdan chiqqan bo‘lar edi.

Kuzatuv kamerasidan olingan videoyozuv tezda internetda tarqaldi, ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hayvonni qopga solganlardan g‘azablandilar.

Qutqarilgan jonvor veterinariya klinikasida tekshirildi. Shifokorning fikriga ko‘ra, mushuk uyda boqilgan, u sog‘lom edi. Ushbu uy hayvoni burgaga qarshi vosita bilan tozalandi va emlashlar uchun navbatga yozildi. Shundan so‘ng mushukni Ulyanovsk viloyatining tabiat vaziri Gulnar Rahmatulina o‘z qaramog‘iga oldi.

"Men mushukni vazirlikka olib ketaman, u biz bilan ishlaydi! Biz unga lavozim ajratdik - u hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘ladi. Shubxasiz u shu yerda yashaydi ham va biz idora xodimlari uning uchun barcha ma’suliyatni zimmamizga olamiz”, dedi vazir.

Mushuk chiqindi yig‘ish majmuasi xodimlari tomonidan qutqarilgan yagona jonzod emas. Ilgari ular afrika tipratikoni va ikkita qizil boshli toshbaqalarni topib olgan edilar.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mushuk, bosh vazir, Ana Xolos, o‘rinbosari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя