Главная » 2020 » Октябрь » 2 » Ana xolos! O‘zining 10-hayotini yashayotgan Joyya Verver
09:21

Ana xolos! O‘zining 10-hayotini yashayotgan Joyya Verver


Ertami-kechmi, inson hayoti davomida o‘ziga bu hayotdan ketganimdan so‘ng nima bo‘lar ekan, degan savolni beradi. Nahotki, hammasi tugasa? Joyya Verver o‘zining oldingi 10 ta umrining hammasini eslashini da’vo qilib, barchani hayratda qoldirdi.

Dunyoda xotirasi juda ham yaxshi bo‘lgan odamlar kamdan-kam uchraydi. Ba’zilari o‘tgan yilni qanday o‘tkazganligi to‘g‘risida batafsil aytib bera olmaydi. Oxirgi o‘n yillik to‘g‘risida esa umuman so‘ramay qo‘ya qoling. Lekin bu qiz shu darajada noyobki, u o‘zining naq o‘tgan o‘n hayotini eslay oladi.

Joyya Verver 3 yoshligidanoq o‘zining yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan oilasi to‘g‘risidagi g‘alati voqealarni aytib bera boshladi. Ular shu qadar g‘ayrioddiy va batafsil ediki, ota-onasi uning uydirmalariga ishonmay qo‘ya  qolishdi. Vahiylar tugamagach, u bilan parapsixologiya va reinkarnasiya mutaxassislari ishlay boshladi. Jurnalistlar ham ushbu hayratlanarli voqeani chetlab o‘ta olmadi. Tafsilotlar asosidagi tekshiruvlar o‘tkazildi.

Joyyaning ta’kidlashicha, u dastlab ibtidoiy odamlar davrida tug‘ilgan va Janubiy Afriakadagi g‘orda yashagan. U hatto dinozavrlar va tosh asboblarni eslaydi. Tadqiqotchilar qiz tasvirlab bergan g‘orlarga borib hayratlanarli kashfiyot qilishdi. Ushbu g‘orlarda Robert Blum odamsimon maymun va ongli inson o‘rtasidagi bog‘liqlik borligini isbotladi.

Uning ikkinchi hayoti qadimgi Misrda o‘tgan. U yerda Joyya qul bo‘lib tug‘ilgan va tosh yo‘llarni qurish ishlarida qatnashgan. U Misrning barcha qullari azob chekkan mashaqqatli mehnatni yaxshi eslaydi.

Yana bir hayotida yuzida og‘ir yuzparda kiyganini va bezalgan fillar aravada olib ketayotgan malikani esladi.

Shuningdek, onasidan qutulib, yomon ehtiroslarga berilgan Rimning shafqatsiz imperatori Neron davrida yashaganligi, Rimda dabdabali o‘yinlar va tantanalar uyushtirilganligi va musobaqalarda o‘zi aravakash sifatida qatnashganligini ham eslagan. Birinchi asrda yashagan ushbu hayotida u quvg‘in qilingan va ta’qib ostidagi nasroniy dinidagi kishi hayotini yashab o‘tgan.

U o‘zini 1900 yillarning boshida Janubiy Afrikaning beshinchi  prezidenti Paul Kryugerning nabirasi bo‘lganligini, ikki marta turmush qurgani va 10 farzandning onasi ekanligini esladi. Olimlar uning bu hayotini o‘rganishni boshlaganlarida Joyyaning qizlaridan biri hali ham tirikligini va uning yoshi 90 dan oshganini aniqlashdi. Hatto qiz 5 yoshga to‘lganida u bilan uchrashuv tashkil etishdi. Ajablanarlisi, ayol Joyyani onasi sifatida tanidi va ular birga o‘tgan hayotining tafsilotlarini eslab uzoq vaqt suhbatlashishdi.

U kichkinaligida, Ikkinchi jahon urushida konslagerda yashaganini eslaydi. «Judayam sovuq va qorong‘i edi. Chuqur quduqda katta olov yonib turardi, atrofda qo‘lida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bilan maxsus kiyim kiygan odamlar yurar, biz hammamiz qo‘rquvdamiz va yig‘laymiz. Kimdir meni bu olovli quduqqa tashlab yubordi, yiqilib boshimni qattiq urib oldim, ongim qorayib ketdi...», deydi qiz. Joyya bu qo‘rquvni unutolmaydi va hozir ham u bilan yashaydi. U hali ham yiqilishdan va kuyib qolishdan qo‘rqadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yashayotgan, hayotini, Joyya Verver, Ana Xolos, o‘zining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя