Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » Ana xolos! Qashqadaryolik ayol antiqa jinoyatni amalga oshirdi
16:18

Ana xolos! Qashqadaryolik ayol antiqa jinoyatni amalga oshirdi


Qashqadaryo viloyatidagi banklarning birida, aylanma mablag‘ni kengaytirish hamda qurilish materiallari sotib olish maqsadida Qarshi tumanida joylashgan MCHJga 150.000.000 so‘m miqdorida kredit berilgan, biroq MCHJ rahbari 48 yoshli D.I. (ayol) garov sifatida qo‘yilgan “Captiva” rusumli avtomashinani kredit qarzdorligi to‘lanmasdan turib, 2020 yilning avgust oyi boshlarida qarzdorlik haqidagi aloqa xatining o‘rta qismini mexanik harakat ta’sirida o‘chirib, qalbaki hujjatlarni notariusga taqdim qilib, avtomashinani taqiqdan chiqarishga erishib, bank tomonidan band solingan mulkni qonunga xilof ravishda sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni qo‘lga kiritgan.

Sudga oid texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bank tomonidan berilgan aloqa xatining o‘rta qismi mexanik harakat ta’siri oqibatida o‘chirilganligi hamda yuqori va pastki qatordagi matnlar bir printerda bajarilmaganligi ko‘rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish), 228-moddasi 3-qismi (qalbaki hujjatdan foydalanish), 233-moddasi 1-qismi (Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: amalga oshirdi, Ana Xolos, antiqa jinoyatni, Ayol, Qashqadaryolik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя