Главная » 2020 » Май » 29 » Ana xolos! To‘tiqush qotillik jinoyati bo‘yicha sudda guvoh sifatida ko‘rsatma beradi
21:10

Ana xolos! To‘tiqush qotillik jinoyati bo‘yicha sudda guvoh sifatida ko‘rsatma beradi


Argentinaning Buenos-Ayres shahri sudi o‘z egasining o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan to‘tiqushni so‘roq qiladi, deb yozadi Daily Mail.

To‘tiqush 2018 yilda o‘ldirilgan 46 yoshli egasi Elizabet Toledoning so‘nggi so‘zlarini takrorlagan.

Argentinalik ayolning zo‘rlab, o‘ldirilishida u uyidagi xonani ijaraga bergan uch kishidan ikki nafari gumonlanmoqda. 51 yoshli Migel Saturinyo Rolon va 62 yoshli Xorxe Raul Alvarez asosiy gumondorlar hisoblanadi.

Qotillik yuz bergan paytda uchinchi ijarachi uyda bo‘lmagan.

Qotillik joyida ishlayotgan polisiyachi ayol kishi qichqirig‘i va «Yo‘q, iltimos, meni qo‘yib yubor» degan gapni eshitgan. Xonada esa faqat ayol kishining jasadi va to‘tiqush solingan qafas bo‘lgan.

Qotillik qurbonining so‘zlariga ko‘ra, ayolni erkaklardan biri urayotgan paytda u to‘tining «Nimaga meni urasan?» deganini ham eshitgan.

Polisiya to‘tiqush marhumaning so‘nggi so‘zlarini takrorlagan, deb hisoblamoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qotillik, bo‘yicha, Ana Xolos, sudda, jinoyati, guvoh, To‘tiqush, ko‘rsatma, sifatida, beradi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя