Главная » 2020 » Апрель » 9 » Ana xolos! Turkmaniston oldin ham vabo tarqalganini yashirgan
20:51

Ana xolos! Turkmaniston oldin ham vabo tarqalganini yashirgan


Dunyoda koronavirus infeksiyasi yetib bormagan sanoqli mamlakatlar qoldi, ulardan biri – Turkmaniston. “Mutaxassislar Turkmaniston hukumatining haqiqatni yashirayotganidan va bu holat virus tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda”, – deya yozadi Bi-bi-sining turk xizmati. 

Londondagi Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi professori, Turkmaniston sog‘liqni saqlash tizimini o‘rgangan Martin MakKi shunday deydi: 

“Turkmanistondan kelgan sog‘liqni saqlash bo‘yicha rasmiy statistikaga mutlaqo ishonmaymiz. Oxirgi o‘n yilda OIV/OITS bilan og‘riydigan hech kim yo‘qligini iddao qilishdi. Bunga ishonib bo‘lmaydi. Qolaversa, 2000-yillarda bir qator epidemiyalarni, xususan, vabo tarqalganini yashirishgani haqida dalillar bor”. 

Turkmanistonda koronavirus aniqlangani rasman e’lon qilinmagan, biroq bu virus tarqalashining oldini olishga qaratilgan bir qator cheklovlar joriy etilgan. 

Shuning barobarida butun dunyodan farqli ravishda mazkur mamlakatda kafelar va restoranlar ochiq, to‘ylar taqiqlanmagan, ommaviy tadbirlar davom etyapti. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя