Главная » 2020 » Апрель » 17 » Ana xolos! Uxanda koronavirus qurbonlari haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi
14:58

Ana xolos! Uxanda koronavirus qurbonlari haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi


Xitoyning Uxan shahri hukumati koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1290 kishiga ko‘payib, 3869 kishiga yetgan, deb yozadi "Daryo".

Ta’kidlanishicha, qayta hisoblash ishlari epidemiyaning dastlabki bosqichida tibbiyot muassasalari bemorlar oqimini eplay olmay, tegishli idoralarga o‘z vaqtida hisobot bera olmagani sabab amalga oshirilgan. Xususan, dastlabki statistikaga koronavirus infeksiyasi oqibatida uy sharoitida vafot etish bo‘yicha ayrim holatlar kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Uxan 2019 yilning oxirida koronavirus infeksiyasi tarqalgan shahar hisoblanadi. Shahar ikki oy davomida karantinga yopilib, unga kirish va chiqish butunlay to‘xtatilgan edi.

Uxandagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilguniga qadar Xitoyda COVID-19 qurbonlari soni 3346 kishiga yetgan edi. Butun mamlakat bo‘ylab 83,4 mingdan ortiq odam infeksiya bilan kasallangan bo‘lib, ularning 78,4 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirusning halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma'lum bo'lgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘lib chiqdi, Ana Xolos, qurbonlari, noto‘g‘ri, ma’lumot, Koronavirus, Uxanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя