Главная » 2020 » Март » 16 » Andijonda 14 kishida koronavirus aniqlandimi?
23:07

Andijonda 14 kishida koronavirus aniqlandimi?


Bugun, 16 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi 14 nafar fuqarolar koronavirus aniqlangan shifokor ayol bilan Fransiyadan bir samolyotda uchib kelganligi hamda ular nazoratda ekanligi” to‘g‘risida norasmiy xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati o‘rganib chiqib munosabat bildirdi. 

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov nazoratida 11 ta tegishli tashkilotlarning rahbarlari va o‘rinbosarlaridan iborat viloyat shtabi tashkil etilgan bo‘lib, shtab mutaxasislariga tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berilgan, tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Shuningdek kunlik axborot va tahliliy ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

“Koronavirus infeksiyasini Andijon viloyati hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish” bo‘yicha viloyat shtabi bergan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu norasmiy xabarlar asossizligi aniqlandi.

Viloyat shtabi ma’lumotlariga ko‘ra Oltinko‘l tumanida joylashgan zahira izolyatorida 21 nafar fuqaro bo‘lib, ular Andijon viloyatining turli joylarida yashaydi. Ushbu fuqarolar Turkiya, Rossiya davlatlaridan kelganlar, shuning uchun karantinga - alohida tibbiy kuzatuvga olingan, ularda kasallik alomatlari yo‘q: tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal, nafas qisishi va boshqa belgilari yo‘q, ularning har biri 14 kunlik tibbiy kuzatuv – karantin tugagandan keyin yana qonda virus bor-yo‘qligi aniq tekshirilgandan so‘ng ma’lumotnoma taqdim etilgan holda uyiga javob berilishini bildirdi.

Ushbu fuqarolar Koronavirus aniqlangan shifokor ayol bilan bir samolyotda Fransiya davlatidan kelmaganligi aniqlandi. 

Asossiz ma’lumotlar tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Koronavirus infeksiyasini Andijon viloyati hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha viloyat shtabi ma’lumotlariga ko‘ra  2020 yil 16 mart kungi holatiga Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor  11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbuvirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 170 002 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 6524 nafar bemor vafot etgan, 77 778 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya -gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mobile Telefonga | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя