Главная » 2018 » Апрель » 24 » Andijonda 23 kunlik chaqaloqni 4500 dollar va 4 mln so‘mga sotayotgan ona qo‘lga olindi
19:37

Andijonda 23 kunlik chaqaloqni 4500 dollar va 4 mln so‘mga sotayotgan ona qo‘lga olindi


Marhamatlik Umida Abdurashidova 23 kunlik chaqalog‘ini 4500 dollar va 4 million so‘mga sotayotgan payti qo‘lga olindi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Umida homilador bo‘lgach, tug‘ilajak farzandini pullashni ko‘zlay boshladi. Rejadan xabar topgan Umidaning onasi esa uni bunday gunoh yo‘ldan qaytarish o‘rniga, qing‘ir maqsadini amalga oshirishga yordam berdi.

Bola tug‘ilgunga qadar ular turli yo‘llar orqali bolani sotish harakatiga tushdi.

Jinoiy guruh Buloqboshi tumanida Lobar ismli ayol bilan oldindan kelishib, 23 kunlik go‘dakni 4500 dollar va 4 million so‘mga sotayotgan paytda Andijon viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 4 mln, so‘m, ona, 4500 dollar, ANDIJON, 23 kunlik, qo‘lga olindi, Chaqaloq, sotayotgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя