Главная » 2020 » Май » 9 » Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi
17:09

Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi


Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 4 may kuni soat 15.00 chamasida mudira yashash xonadonida o‘zini osib, o‘z joniga suiqasd qilishi ortidan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi hamda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilmoqda.

Mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan holda huquqiy baho beriladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qasd qildi, o‘z joniga, Andijonda, bog‘cha mudirasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя