Главная » 2020 » Июнь » 8 » Andijonda maktab direktori xonasida o‘qituvchini pichoqladi
13:01

Andijonda maktab direktori xonasida o‘qituvchini pichoqladi


Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda direktor o‘qtuvchini pichoqlagani haqida xabar va videolavha tarqaldi. Andijon viloyati IIB ushbu videolavhada aks etgan holatlarni o‘rganib chiqdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 may kuni soat 09:00 larda Paxtaobod tumani “Chorsu” MFYda yashovchi fuqaro N.Z. o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan Paxtaobod tumani “Chorbog‘” MFY hududida joylashgan 25-sonli musiqa maktabida direktor lavozimida ishlovchi D.I.ning xizmat xonasiga ukasi J.O. va M.U. bilan birga oylik maoshi haqida ma’lumot olish maqsadida kelib o‘zaro janjallashib ketishgan. Shu vaqtda D.I. xonasida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan N.Z.ning yuzi va tanasiga urib, uning chap yuzi, ko‘krak qafasi chap yoni va o‘ng qo‘li kafti ichidga zarba bergan. Viloyat IIBning ta’kidlashicha, natijada N.Z.ga yengil tan jarohati yetgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida bir dona xo‘jalik pichog‘i daliliy ashyo tariqasida olingan. Mazkur holat Paxtaobod tumani IIB navbatchilik qismining 1-shakl kitobidan 25 may kuni ro‘yxatdan o‘tgan. To‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga asosan 4 iyunda Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Qayd etilishicha, yuqorida ko‘rsatilgan holatda gumon qilinuvchining harakatlarida qotillikka suikasd qilish alomatlari bor-yo‘qligiga tergov harakatlari davomida baho beriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pichoqladi, maktab direktori, xonasida, o‘qituvchini, Andijonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя